8 Avgust 2022 2653

Oʻzbekiston Interpol MMB yirik firibgarni qoʻlga oldi

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Interpol MMB xodimlari tomonidan xalqaro qidiruvda boʻlgan chet el fuqarosi qoʻlga olindi.

Tezkor qidiruv tadbirlari oʻtkazish chogʻida Interpolning Oʻzbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi xodimlari Qirgʻiziston Respublikasida xalqaro qidiruvga berilgan chet ellik fuqaroni ushlashga muvaffaq boʻlishdi. Jinoyatchi qirgʻizistonlik hamkasblar tomonidan rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirish va kontrabandaga sheriklik ayblovi bilan qidiruvda boʻlgan, shu munosabat bilan jinoyat harakatlarining ogʻirligini hisobga olib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan. Interpol Milliy markaziy byurosining Bishkekdagi hamkasblariga qidiruvdagi shaxs Qirgʻizistonga keyingi jinoiy javobgarlikka tortish uchun ekstarditsiya qilinishidan oldin hibsga olingani haqida maʼlum qilindi.

Hozirda qoʻlga olingan shaxsni Qirgʻiziston Respublikasiga ekstraditsiya qilish masalasi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan koʻrib chiqilmoqda.

Interpolning Oʻzbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага