10 Avgust 2022 358

Termiz tumani IIB Probatsiya guruhi hisobida turgan mahkumlarning muammolari oʻrganilib, profilaktik tushuntirishlar olib borildi

Surxondaryo viloyati IIB JXX Probatsiya boʻlimi hisobida turgan mahkumlar tomonidan takroriy jinoyat yoki huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olish maqsadida, joylarda uchrashuvlar, sayyor qabullar oʻtkazilmoqda.

Xuddi shunday tadbirlardan biri 2022-yil 9-avgust kuni Termiz tumanida ham tashkil etildi.

Termiz tuman IIB Probatsiya hisobida jazo muddatini oʻtayotgan mahkumlar bilan Termiz tuman IIB boshligʻining Jamoat xavfsizligi xizmati boshligʻi oʻrinbosari mayor J.Xoʻjaqulov ishtirokida oʻtkazilgan sayyor qabulda, Surxondaryo viloyat IIB boshligʻining topshirigʻiga asosan Probatsiya nazorati ostida jazo muddatini oʻtayotgan mahkumlarni Sud tomonidan qoʻyilgan majburiyatlarini toʻliq bajarish, jazoni oʻtash tartib va qoidalarini buzmaslik, mahkumlarga yuklatilgan majburiyatlarini bajarish, Termiz tumani IIBning ruxsatisiz viloyat hududidan chiqib ketmaslik har qanday holatlarda yaʼni sogʻligʻi yoki kechiktirib boʻlmaydigan holatlarda boʻlsa ham IIBni “Ruxsatnoma”siz chiqib ketishligining oldini olish, ish vaqtida sababsiz ravishda boʻlmaslik, qayta jinoyat va maʼmuriy huquqbuzarlikka yoʻl qoʻymaslik, gʻayri-ijtimoiy xatti-harakatlar sodir qilmaslik Jinoiy ishlar boʻyicha tayinlangan jazolarni ogʻishmay bajarishi yuzasidan batafsil tushuntirish ishlari olib borildi.

Sayyor qabulda Termiz tuman IIB Probatsiya hisobida jazo muddatini oʻtayotgan 24 nafar mahkumlarning 6 nafarining muammolari borligi aniqlanib, 2 nafari ishga joylashtirilib, 1 nafariga moddiy yordam olishda koʻmaklashildi, 3 nafariga huquqiy ijtimoiy masalalarda tushunchalar berildi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага