7 Avgust 2022 906

Tergov departamentida virtual qabullar davom etmoqda

Joriy yilning 5-avgust kuni Tergov departamenti boshligʻining birinchi oʻrinbosari polkovnik B.O.Jalolov tomonidan videokonferensaloqa rejimi orqali navbatdagi shaxsiy qabul oʻtkazildi. Qabul jarayonida Xorazm, Fargʻona, Andijon va Toshkent viloyatlarida istiqomat qiluvchi fuqarolarning qiynab kelayotgan tergovga oid masalalar tinglandi.

Oʻtkazilgan qabulda jami 4 nafar fuqarolarning murojaatlari koʻrib chiqildi.

Kelib tushgan murojaatlarning 1 tasi yetkazilgan moddiy zararni undirib berish masalasi hamda 3 tasi tergov harakatlaridan norozilik masalasi boʻlgan fuqarolarning murojaatlari eshitilib, ular sinchkovlik bilan muhokama qilindi.

Qabul qilingan murojaatlarning 3 tasi joyida ijobiy hal etilib, 1 tasi boʻyicha qoʻshimcha tekshirish talab qilinganligi sababli murojaat ijroga qaratildi.

Eslatib oʻtamiz, ichki ishlar organlarining tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovdan norozi boʻlgan fuqarolar vazir oʻrinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakovning shaxsiy qabuliga kirmoqchi boʻlgan taqdirda, Tergov departamentining (71) 231-38-16 raqamli xizmat telefoni yoki masʼul xodim I.A. Toirovning (90)508-66-46 telefon raqamlariga murojaat qilishlari mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага