Tergov departamentida navbatdagi virtual qabulda murojaatlar hal etildi
Joriy yilning 11-noyabr kuni Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Ya.A. Abdulxakov tomonidan videokonfrensaloqa rejimi orqali Surxondaryo, Andijon va Fargʻona viloyatlarida yashovchi fuqarolar bilan shaxsiy qabul oʻtkazildi.
Qabul davomida 3 nafar fuqarolarning tergov bilan bogʻliq boʻlgan murojaatlari koʻrib chiqildi.
Kelib tushgan murojaatlarning 2 tasi tergov harakatlaridan norozilik masalasida, 1 tasi yetkazilgan moddiy zararni undirib berish masalasini tashkil etadi.
Murojaatlarning 1 tasi qabul davomida ijobiy hal etildi 2 tasi qoʻshimcha tekshiruv talab qilinganligi sababli ijroga qaratildi.
Eslatib oʻtamiz, ichki ishlar organlarining tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovdan norozi boʻlgan fuqarolar vazir oʻrinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakovning shaxsiy qabuliga kirmoqchi boʻlgan taqdirda, Tergov departamentining (71) 231-38-16 raqamli xizmat telefoni yoki masʼul xodim I.A. Toirovning (90)508-66-46 telefon raqamlariga murojaat qilishlari mumkin.
IIV huzuridagi Tergov departamenti Axborot xizmati