Tergov departamentida navbatdagi virtual qabul
2022-yil 9-sentyabr kuni vazir oʻrinbosari Ya.A. Abdulxakov tomonidan videokonfrensaloqa rejimi orqali navbatdagi shaxsiy qabul oʻtkazildi. Qabul jarayonida Fargʻona, Navoiy, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida istiqomat qiluvchi fuqarolarning qiynab kelayotgan tergovga oid masalalar tinglandi.
Kelib tushgan murojaatlarning 1 tasi noqonuniy ayblov eʼlon qilayotganlik masalasida, 3 tasi yetkazilgan moddiy zararni undirib berish masalalarini tashkil etadi.
Qabul qilingan murojaatlarning 2 tasi joyida ijobiy hal etildi, 2 tasiga tushuntirish berildi.
Qabul qilingan murojaatlarning 2 tasi joyida ijobiy hal etilib, 1 tasi boʻyicha qoʻshimcha tekshirish talab qilinganligi sababli murojaat ijroga qaratildi.
Eslatib oʻtamiz, ichki ishlar organlarining tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovdan norozi boʻlgan fuqarolar vazir oʻrinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakovning shaxsiy qabuliga kirmoqchi boʻlgan taqdirda, Tergov departamentining (71) 231-38-16 raqamli xizmat telefoni yoki masʼul xodim I.A. Toirovning (90)508-66-46 telefon raqamlariga murojaat qilishlari mumkin.
IIV huzuridagi Tergov departamenti Axborot xizmati