Telegramdagi "Yutuqli o‘yin"lardan ehtiyot bo‘ling yoxud yana bir firibgarlik holati
Surxondaryo viloyati Termiz shahrida yashovchi fuqarolar R.M. va U.S.lar Telegram messenjeridagi "Yutuqli o‘yin" guruhi administratori tomonidan ularga kelgan "Samsung A53" sohibiga aylandingiz, yutuqni qo‘lga kiritish uchun pochta pulini to‘lang va uni kutib oling" degan xabarga ishonib, yuborilgan bank kartasiga 200.000 so‘m o‘tkazib berishganligini, ammo ushbu akkaunt ularni bloklab qo‘yganidan so‘ng firibgarlik qurboni bo‘lishganliklarini tushunib, IIBga murojaat qilishgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Surxondaryo viloyati Termiz shahrida yashovchi, 1999 y.t., muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan, R.D. sodir etganligi, shuningdek, u boshqa shaxslarning ham pullarini ushbu tarzda talon-toroj qilib kelganligi aniqlangan.
R.D.ga nisbatan O‘zR JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hibsga olingan va tergov harakatlari olib borilmoqda.
IIV Kiberxavfsizlik markazi