Telegramda o‘zini "lift ustasi" deb tanishtirgan shaxs firibgar bo‘lib chiqdi
Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida istiqomat qiluvchi, 1990 y.t. A.D., ariza bilan murojaat qilib, telegram messenjerida "Lift ustasi kerakligi bo‘yicha" eʼlon tarqatganligi, eʼlon bo‘yicha notanish foydalanuvchi unga lift tuzatib berishini aytib, hozirda Namangan shahridagi Tibbiyot birlashmasi liftlarini tuzatayotganligini, xizmat xaqqini avvaldan to‘lab berilishi bahonasida uning ishonchiga kirib bank kartasi boshqaruvni qo‘lga kiritib, bank kartasidagi mavjud 10.000.000 so‘m miqdoridagi pullarni o‘zlashtirganligini maʼlum qilib, firibgarga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, pullarni Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida yashovchi 1996 y.t., X.A. va 1991 y.t., N.A.lar o‘zaro jinoiy til biriktirib, o‘zlashtirganliklari aniqlangan.
X.A. va N.A.larga nisbatan O‘zR. JKning 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan.
IIV Kiberxavfsizlik markazi