7 Fevral 2023 455

Tanishining pullarini talonchilik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

2023-yil 5-fevral kuni soat 21:00 larda Marhamat tumanida yashovchi 1996-yilda tugʻilgan K.O tanishi Fargʻona viloyatida yashovchi 1989-yilda tugʻilgan K.T boshqaruvidagi “Neksiya-2” rusumli avtomashinasini yoʻlini toʻsib, uning 3.800.000 soʻm pullarini talonchilik yoʻli bilan olib, voqea joyidan ketib yuborgan. Koʻrilgan choralar natijasida K.O ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Marhamat tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага