27 Noyabr 2022 1035

Tabiatga zarar yetkazganlar ushlandi

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan Aydar-Arnasoy koʻllar tizimiga tutash Jizzax viloyatining Arnasoy tumani hududida “Toʻr” tadbirini oʻtkazdilar.

Mazkur jarayonda Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumani “Navroʻz” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi K.U.dan 36 dona baliq hamda 5 ta toʻr, shu tumanning Gʻarbmajid mahallasida istiqomat qiluvchi A.T.dan 37 ta baliq va 10 ta toʻr, uning mahalladoshi Gʻ.R.dan 16 dona baliq va 1 ta toʻr, Arnasoy tumani Baxtli mahallasida yashovchi M.A.dan 51 dona baliq va 5 ta toʻr, ayni shu manzilda istiqomat qiluvchi B.Q.dan 66 dona baliq va 1 ta 100 metrlik toʻr olindi.

Baliqlarning umumiy ogʻirligi 114 kilogrammni tashkil qilgan.

Holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага