4 Sentabr 2022 1311

Surxondaryoda Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimlari uchun yangi bino qurilib foydalanishga topshirildi

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-mart kunidagi “Transport va turizm obyektlarida jamoat xavfsizligini taʼminlashning samarali tizimini joriy etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4229-sonli Qaroriga asosan, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tarkibida Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi tashkil etilgan edi.

Joriy yilning 4-sentyabr kuni Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimlari uchun zamonaviy qulayliklarga ega boʻlgan ikki qavatli yangi bino qurilib foydalanishga topshirildi.

Yangi binoning ochilish marosimida, Surxondaryo viloyati xokimi T.A.Bobolov, viloyat IIB boshligʻi polkovnik A.S.Ismoilov, Oʻzbekiston Respublikasi IIV Xavfsiz turizmni taʼminlashni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi mayor N.Q.Odilov, keng jamoatchilik vakillari, mehnat faxriylari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda soʻz olganlar yangi binoning qurilib foydalanishga topshirilishi, halqimizning tinchligi va farovonligi yoʻlida xizmat qilishi yuzasidan oʻzlarining ezgu tilaklarini bildirishdi. Mehnat faxriylar hamda keng jamoatchilik vakillari tomonidan ramziy lentalar kesilib, quruvchi tomonidan binoning ramziy kaliti Surxondaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi boshligʻi podpolkovnik Sh.F.Shodiyevga topshirishdi.

Hozirgi kunda, Surxondaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasida jami 17 ta shtat birligi mavjud boʻlib, ular kamida 2-3 ta xorijiy (rus, ingliz) tillarida mukammal soʻzlasha oladigan, vohamiz tarixi va urf-odatlari haqida yetarlicha bilimga ega boʻlgan jismonan sogʻlom xodimlar bilan jamlangan.

Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimlarining xizmat olib borishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, 4 ta yengil avtomashina, 5 ta mototsikl, 1 ta avtobus, 5 ta skuter, 6 ta sigvey kabi zamonaviy transport vositalari bilan taʼminlangan.

Shuningdek, Ichki ishlar vazirligining maxsus fondi hisobidan 7.562.000000 (yetti milliard besh yuz oltmish ikki million) soʻm miqdorida mablagʻ ajratilib, Termiz shahri “Yulduz” mahallasi hududidan 2 qavatli zamonaviy jihozlangan xizmat binosi qurib bitkazildi, ushbu binoda situatsion markaz tashkil etilgan boʻlib, tashrif buyuruvchi turistlarning viloyat hududiga kirib kelishidan tortib, qaysi mehmonxonaga joylashib “Ye-mehmon” bazasidan roʻyxatdan oʻtishi, qaysi sayyohlik obyektlariga borishi va qaytib chiqib ketishlari doimiy ravishda nazorati olib boriladi.

Bundan tashqari, situatsion markazda sutkalik navbatchilik asosida xizmat olib borish davomida viloyatimiz hududiga tashrif buyuruvchi sayyohlar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlarni oʻz vaqtida qabul qilinib, tegishli yordamlar koʻrsatib kelinadi.

Xodimlar ushbu yaratilgan qulay sharoitlardan unumli foydalangan holda, amalga oshirilib kelinayotgan ishlar kelgusida yanada jadallashtirish, viloyatimiz hududiga tashrif buyurayotgan sayyohlarning xavfsizliklarini toʻlaqonli darajada taʼminlash maqsadida yetarli kuch va bilimlarini safarbar etishga tayyor holda faoliyat olib borishadi.

Ezgulikka xizmat qilish uchun qurilib foydalanishga topshirilgan ushbu bino, kelajakda voha hududida xorijiy va mahalliy sayyohlarning xavfsizligini taʼminlash uchun xizmat qilishi shubhasizdir.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага