13 Avgust 2022 432

Surxondaryoda “Vatanparvarlik oyligi” doirasida «Mini futbol» musobaqasi oʻtkazildi

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish oliy burchimiz!” shiori ostida oʻtkazilayotgan “Vatanparvarlik oyligi” doirasida Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi oʻrtasida sportning «Mini futbol» turi boʻyicha “Viloyat IIB boshligʻi kubogi” musobaqasi boʻlib oʻtdi.

Murosasiz kurashlarga boy tarzda boʻlib oʻtgan musobaqada gʻolib boʻlgan hamda sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan futbol jamoalari Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining birinchi, ikkinchi, uchinchi darajali diplom, medal va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага