Surxondaryo viloyati IIBda Jamoat xavfsizligi xizmati xodimlari bilan psixologik davra suhbati tashkil etildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvar kunidagi «Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yoʻnaltirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Qarori hamda ushbu qaror bilan tasdiqlangan «Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi»da keltirilgan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmat psixologik taʼminlash guruhi mutaxassis-psixologlari tomonidan Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida tashkil etilgan oʻquv yigʻiniga jalb etilgan Huquqbuzarliklar profilaktikasi, Yoʻl harakati xavfsizligi va Patrul-post xizmatlari xodimlari bilan ularning xizmat samaradorligini oshirish va shaxsiy tarkib oʻrtasida sogʻlom maʼnaviy-ruhiy muhit barqarorligini taʼminlash, xodimlarning individual-psixologik xususiyatlarini oʻrganish, shuningdek ularning muloqot psixologiyasi, muomala madaniyati hamda nostandart vaziyatlarda ruhiy barqarorlikni saqlashga doir zarur koʻnikmalarini shakllantirishga qaratilgan davra suhbati oʻtkazildi.
Davra suhbati davomida xodimlarning fuqarolar bilan muloqoti jarayonida yoʻl qoʻyishi mumkin boʻlgan kamchiliklarni bartaraf etish va ularning muomala madaniyatini oshirish boʻyicha shuningdek, turli stress vaziyatlariga tushib qolmaslik uchun kerak boʻladigan psixologik mashqlar haqida xodimlarga maʼlumotlar berilib ushbu mashqlarni muntazam amalga oshirib borish xodimning ruhiyati va salomatligiga ijobiy taʼsir koʻrsatishi taʼkidlab oʻtildi.
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida Qarorda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati