15 Fevral 2022 2228

Surxondaryo viloyati IIBda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida yigʻilish boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-76-son qarori ijrosi yuzasidan atrof-muhitni muhofaza qilish hamda ekologik nazorat sohasidagi davlat organlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari yuzasidan, viloyatda ekologik xavfsizlikni taʼminlash, ekologik vaziyatni yaxshilash, qulay ekologik holatni barqaror saqlash, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi samaradorligini taʼminlash hamda sohada sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish ustuvor masala qilib belgilangan.

Shu maqsadda, 2022-yil 14-fevral kuni Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi polkovnik A.S.Ismoilov huzurida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Ushbu yigʻilishda viloyat ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, Surxondaryo viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi hamda ichki ishlar boshqarmasi xodimlari ishtirok etishdi. 

Yigʻilishda viloyat IIB boshligʻi polkovnik A.S.Ismoilov amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tahliliy muhokama etib, kelgusida bu borada amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olinishi toʻgʻrisida bir qator topshiriqlar berib oʻtdi. Xalqimiz orasidan atrof muhitni toza saqlash har bir fuqaromiz bunga masʼul ekanligi toʻgʻrisida targʻibot va tashviqot ishlarini kuchaytirilishi, fuqarolarimizni maʼmuriy javobgarlikka tortishdan oldin ularga sharoit yaratib berish va ularni ogohlantirib chiqishligi toʻgʻrisida tegishli tashkilotlar rahbarlari hamda xodimlar masʼul ekanligi toʻgʻrisida taʼkidlandi.

Bundan tashqari bu borada ishlarni yaxshilashda, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasi va ularga qarshi kurashish tizimini yangi darajaga koʻtarish maqsadida, ichki ishlar boshqarmasi, Milliy gvardiya va Davlat ekologiya boshqarmasi bilan hamkorlikda takliflar kiritilishi, doimiy ravishda ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi Qonunchilik talablari ijrosi soʻzsiz taʼminlanishini nazorat qilishda oʻzaro yaqindan hamkorlikni oʻrnatish hamda qoʻshma profilaktik tadbirlarni kuchaytirish boʻyicha alohida topshiriqlar berildi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага