Surxondaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimlari bilan jangovar tayyorgarlik oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining koʻrsatmasi hamda Ichki ishlar vaziri oʻrinbosarining huzurida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishi bayoni ijrosini taʼminlash maqsadida, Surxondaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi shaxsiy tarkibi bilan jangovar tayyorgarlik oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi.
Jangovar tayyorgarlikni oshirish oʻquv haftaligi doirasida oʻtkazilayotgan mashgʻulotlar davomida shaxsiy tarkibning jangovar shayligi bilan bir qatorda xizmat kiyimidan foydalanish tartibi ham tekshirildi.
Xodimlarga jangovar va kasbiy tayyorgarlik oʻquv haftaligi davomida, Surxondaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimlariga viloyat IIB Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi masʼul xodimlari tomonidan oʻqotar qurollarni toʻliq va toʻliqsiz qismlarga ajratish hamda yigʻish boʻyicha oʻquv-amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati