Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlariga qayta ishga tiklangan xodimlar va ularning ota onalari bilan korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish masalasi muhokama qilindi
Joriy yilning 22-mart kuni Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida Prezidentimizning 2022 yil 12 yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ–81-son qarori va Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, ichki ishlar organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy holatlarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini oshirish, ushbu jarayonga jamoatchilikni keng jalb etish hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda boʻlish muhitini shakllantirishga bagʻishlangan tanqidiy-tahliliy yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Surxondaryo viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash boshqarmasi boshligʻi, podpolkovnik SH.Shodiyev, Oʻzbekiston respublikasi IIV SHXBB Surxondaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi boshligʻi podpolkovnik Q. Samandarov va boshqa masʼul rahbarlar ichki ishlar organlarida qayta ishga tiklangan xodimlar oʻrtasida korrupsiyaning sodir etilishiga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan tashkiliy-amaliy ishlarni monitoring qilib borish, korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish vazifalari xususida soʻz yuritdilar.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati