6 May 2022 942

Surxon vohasi mehmonlarni kutib olmoqda

Joriy yilning 7-8 may kunlari Boysun tumanida boʻlib oʻtadigan “Boysun bahori” folklor festivalida ishtirok etib, oʻzlarining sanʼatlarini dunyoga keng tarannum etish uchun Buyuk Britaniya va Fransiyadan bir guruh sanʼatkor va turistlar 5 may kuni viloyat IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimlari tomonidan kutib olindi.

Shundan soʻng, Surxon vohasining milliy anʼanalari va urf-odatlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida, oʻzbek toʻyiga olib borildi. Shu bilan birga Sanat saroyida tashkil etilgan milliy liboslar koʻrgazmasi va Arxeologiya muzeyiga tashrif uyushtirilib, yurtimiz tarixi haqida qiziqarli maʼlumotlar berib oʻtildi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага