23 Noyabr 2022 880

Soxta telefon sotuvchisi ushlandi

2022-yil 6-oktyabr kuni nomaʼlum shaxs oʻzganing mulkini aldash yoki ishonchini suiisteʼmol qilish yoʻli bilan qoʻlga kiritish maqsadida internet ijtimoiy tarmogʻining «telegram» mobil ilovasida “Apple-Optomuz” guruhini tashkil qilib, unda «Iphone» mobil telefonlarini imtiyozli aksiyalar asosida sotilayotganligi toʻgʻrisidagi eʼlon joylashtiradi va ushbu guruhga aʼzo boʻlgan, Qorovulbozor tumani “Tinchlik” mahallasida yashovchi, 2005-yilda tugʻilgan fuqaroni «Iphone» mobil telefon apparatini boʻlib toʻlash sharti bilan arzon narxlarda sotilayotganligini bildirgan holda aldab, plastik toʻlov kartasiga dastlabki toʻlov sifatida 1.000.000 soʻm miqdoridagi pullarni koʻchirib berishiga erishib, ushbu fuqaroga nisbatan moddiy zarar yetkazib, firibgarlik jinoyatini sodir qilgan.

Mazkur holat yuzasidan nomaʼlum shaxsga nisbatan, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, olib borilgan tezkor-texnik, surishtiruv hamda tergov harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni Andijon viloyati Shahrixon tumani “Namozgar” mahallasida yashovchi 1999-yilda tugʻilgan shaxs sodir etgani aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага