18 Sentabr 2022 1549

Oʻzbekiston va Malayziya Interpol xodimlarining hamkorlikdagi harakatlari natijasida odam savdosi bilan shugʻullangani uchun qidiruvda boʻlgan jinoyatchi ayol qoʻlga olinib, ekstraditsiya qilindi

Huquq-tartibot idoralarimiz tomonidan Interpol kanallari orqali odam savdosi bilan bogʻliq jinoyat uchun qidiruvda boʻlgan va oʻzgartirilgan shaxsiy maʼlumotlar ostida uzoq vaqt davomida Malayziyada yashirinib yurgan Oʻzbekiston fuqarosi (ayol) Interpolning Oʻzbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi xodimlari hamrohligida Kuala-Lumpurdan Toshkentga ekstraditsiya qilindi.

Interpolning Toshkent va Kuala-Lumpurdagi Milliy markaziy byurolari oʻrtasida olib borilgan qoʻshma harakatlar va tezkor axborot taʼminoti, shuningdek, Oʻzbekistonning Malayziyadagi elchixonasi vakillarining bevosita koʻmagida jinoyatchining shaxsini aniqlash va qoʻlga olish imkonini berdi.

Malayziya hukumati qidiruvdagi ayolni ekstraditsiya qilish toʻgʻrisidagi qaroridan soʻng, Interpol xodimlari hamrohligida jinoyatchi munosib jazo olish uchun Oʻzbekistonga olib ketildi.

Interpolning Oʻzbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага