8 Mart 2023 266

Soha malikalariga ehtirom ko‘rsatildi

Bugungi kunda ayollar nafaqat oilada, balki jamiyatimizning turli sohalarida, xususan, ichki ishlar organlarida ham samarali xizmat qilib, el-yurt osoyishtaligini taʼminlashga munosib hissa qo‘shib kelishmoqda.

Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan Farg‘ona shahridagi “Wine Garden” tantanalar majmuasida bayram tadbiri tashkil etildi.

Unda shahodatlangan va erkin yollangan xodimalar, ichki ishlar organlari faxriy ayollari, IIV Farg‘ona akademik litseyida yoshlarga taʼlim-tarbiya berayotgan o‘qituvchi va murabbiylar ishtirok etdi.

Tadbirni boshqarma boshlig‘i, polkovnik Muhiddin Jo‘rayev ochib, soha malikalarini bayram bilan samimiy muborakbod etdi. Shundan so‘ng Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan taqdirlangan bir guruh xodimalarga turli darajadagi mukofotlar tantanali ravishda topshirildi.

Shuningdek, bayram munosabati bilan IIV Faxriylar kengashi hamda Farg‘ona viloyati IIB rahbariyati tomonidan bir guruh ustozlar, tizimda namunali xizmat qilayotgan xodimalar tashakkurnoma va sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Tadbir farg‘onalik sanʼatkorlarning bahor faslini, ayollarni tarannum etuvchi diltortar kuy va qo‘shiqlari bilan yana-da fayzli tus oldi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага