Sirdaryoda «Instagram» ijtimoiy tarmog‘i orqali taʼqiqlangan diniy mazmundagi materiallarni ommalashtirib kelayotgan shaxs aniqlandi
Sirdaryo viloyati IIB va DXX masʼul xodimlari tomonidan fuqarolar tomonidan internet ijtimoiy tarmoqlar orqali xalqaro terrorchilik tashkiloti va diniy ekstremistik oqim aʼzolarining taʼsiri ostida sodir etayotgan jinoyatlarni aniqlash va oldini olish yuzasidan olib borilgan hamkorlikdagi tadbirlar davomida, Sirdaryo viloyatida istiqomat qiluvchi I.K. ismli shaxs internetning «Instagram» ijtimoiy tarmog‘ida o‘ziga tegishli profil orqali diniy ekstremistik oqim aʼzolarining aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan diniy mazmundagi materiallarni ommalashtirib kelayotganligi aniqlanib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati