31 May 2023
677
Sirdaryo viloyati IIB boshligʻining viloyat xalq qabulxonasida navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi
Bugun Sirdaryo viloyati Xalq qabulxonasida Sirdaryo viloyati IIB boshligʻi polkovnik Sandjar Djabarovning fuqarolarning kundalik va ijtimoiy muammolarini oʻrganishi yuzasidan navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi.
Ichki ishlar organlari xizmatiga kirish hamda tergov va surishtiruv harakatlari va uy-joy bilan bogʻliq oʻnga yaqin fuqarolarning turli muammo va murojaatlari eshitildi.
Boshqarma boshligʻi qabul qilingan har bir murojaatni chuqur tahlil etgan holda qonunda belgilangan tartibda hal etish yuzasidan mutasaddi soha rahbarlariga aniq topshiriqlar berib, ijrosi nazoratga olindi.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati