Sirdaryo viloyati ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan xotin-qizlar bilan saf koʻrigi oʻtkazildi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vaziri oʻrinbosarining 2022-yil 23-mart kunidagi «Ichki ishlar organlarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar bilan ishlash borasidagi faoliyat samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilash toʻgʻrisida»gi 73-son farmoyishiga asosan Sirdaryo viloyati Ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan xotin-qizlar bilan navbatdagi saf koʻrigi oʻtkazildi.
Saf koʻrigida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2019-yil 8-avgustdagi «Ichki ishlar organlarida formali kiyim-boshni kiyib yurish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi 232-sonli buyrugʻiga muvofiq, viloyat ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan xotin-qizlarning formali kiyim-boshni kiyish qoidalariga amal qilganliklari koʻzdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan koʻrsatmalar berildi.
Saf koʻrigidan soʻng xodimalar bilan yigʻilish oʻtkazilib, unda formali kiyim-bosh hamda formali kiyim-bosh sirasiga kirmaydigan (fuqarolik) kiyimlarini kiyib yurish qoidalari haqida toʻliq tushuntirilib, qoidalarga namunalar koʻrsatildi.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati