26 Iyul 2022 800

Shubhali haydovchining yonidan “marixuana” topildi

2022-yil 17-iyul kuni Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumanida xizmat olib borgan YPX xodimlari tomonidan "Spark“ rusumli avtomobil toʻxtatilib tekshirilganda, haydovchi, 1985-yilda tugʻilgan X.N. koʻrinishi va xatti-harakatlari bilan xodimlarda shubha uygʻotgan. Xolis va guvohlar ishtirokidagi tekshiruv davomida uning yonidan 57,7 gr “marixuana” (ekspertiza xulosasi) giyohvandlik moddasi topilgan.

Holat yuzasidan fuqaro X.N.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yoʻllarda tekshiruvlar davom etmoqda.

IIV JXD YHXX Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага