19 Mart 2023 552

Shofirkon tumanida tillafurushlar faoliyatiga chek qoʻyildi

Buxoro viloyati huquq-tartibot organlari hamda «Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» aksiyadorlik jamiyatining Shofirkon tuman boʻlimi xodimlari hamkorligida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Tabiiy gaz va elektr energiyasini sotish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni ijrosini taʼminlash boʻyicha oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida Shofirkon tumani «Nazarobod» qishlogʻida yashovchi, 1992-yilda tugʻilgan I.U. oʻzining yashash xonadonida yashirin sex tashkil etib, tegishli shartnomalar tuzilishini taʼminlamasdan, tarkibida oltin zarralari mavjud boʻlgan toshlarni maydalashga moʻljallangan, quvvati 18,5 kVt boʻlgan uskunani elektr tarmogʻiga noqonuniy ulab foydalanib kelayotganligi aniqlangan.

«Oʻzenergoinspeksiya» Buxoro hududiy boʻlimi mutaxassislarining bergan xulosasiga koʻra ushbu fuqaro tomonidan umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga oʻz boshimchalik bilan ulanib 383,62 kVt/soat elektr energiyasidan noqonuniy tarzda foydalanganligi natijasida davlat manfaatlariga 130.838.400 soʻmlik zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 185 prim 2-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага