11 Iyul 2022 683

Shirin shahrida tayinlangan jazodan boʻyin tovlagan shaxs ozodlikdan mahrum etildi

Shirin shahar IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida turgan 1986-yilda tugʻilgan Shirin shahrida yashovchi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan sudlanib, JIB Shirin shahar sudi tomonidan 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan nazorat ostidagi shaxs M.N olib borilgan tezkor tadbirlar davomida oʻziga tayinlangan jazodan boʻyin tovlab, sud tomonidan qoʻyilgan taqiq va cheklovlarni buzib, 2022-yil 26-mart kuni hamda 2022-yil 4-may kunlari spirtli ichimlik isteʼmol qilganligi aniqlanib, unga nisbatan Shirin shahar IIB JXX Probatsiya guruhi tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirib, 2022-yil 8-iyun kuni JIB Shirin shahar sudiga taqdimnoma kiritildi va sud tomonidan taqdimnoma qanoatlantirilib, nazoratdagi shaxs M.N 1 yil 6 oy 2 kunga ozodlikdan mahrum etilib, jazoni ijro etish muassasasiga qaytarildi.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага