Shifokorlar bilan davra suhbati
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “Ichki ishlar organlari xodimlarining jismoniy, jangovar va kasbiy bilimlarini yanada oshirish maqsadida maxsus oʻquv kurslarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi farmoyishiga asosan Malaka oshirish institutining Olmaliq shahridagi oʻquv bazasida Institut Tibbiyot xizmati boshligʻi, mayor Z.A. Qalandarov “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining «Antropometrik koʻrsatkichlarini yaxshilashga tavsiya etilgan xodimlar bilan jismoniy tayyorgarlik va davolash-sogʻlomlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoyishini mazmun-mohiyatini oʻrganish», IIV Markaziy poliklinikasi Davolash-profilaktika boʻlimi boshligʻi, kapitan M.Xasanov «IIO xodimlari va ularning oila aʼzolarini sanator-kurort sharoitida sogʻlomlashtirish tartiblari», Markaziy poliklinika shifokor-endokrinologi I.I.Shergoziyeva “Endokrin tizimi kasalliklari profilaktikasi, semizlik va toʻgʻri ovqatlanish” va Markaziy poliklinika shifokor-terapevti L.K.Kalmurzayeva “Yurak qon-tomir tizimi kasalliklarini oldini olish” mavzularida tinglovchilar bilan davra suhbati oʻtkazildi.
Xususan, bugun mamlakatimizda ichki ishlar organi xodimlarining tibbiy bilimlarini oshirish, tibbiy madaniyatini yanada rivojlantirish borasidagi ishlar vazirlik rahbariyatining doimiy eʼtiborida boʻlib kelayotganini taʼkidlab oʻtish joiz. Hozirgi jadal rivojlanib kelayotgan zamonda har bir xodim yuksak kasbiy, jismoniy va jangovar tayyorgarlikka hamda koʻrkam tashqi koʻrinishga ega boʻlishi bilan birga, huquqiy bilimlari va maʼnaviy dunyoqarashini yuksaltirishda kitob va sport eng yaqin koʻmakchi ekanligi taʼkidlab oʻtildi.
Tadbir davomida markaziy poliklinikaning mutaxassis-shifokorlari tinglovchilarni qiziqtirgan savollari yuzasidan oʻzining fikr-mulohazalarini bildirib, toʻgʻri ovqatlanish, oʻzboshimchalik bilan dori ichishdan saqlanib, shifokorga murojaat etish, faol jismoniy hayot tarzini yoʻlga qoʻyish IIO xodimlari oʻrtasida uchrayotgan turli kasalliklarni oldini olishga, ularni ish unumdorligini oshirishiga, toʻgʻri ovqatlanish, ortiqcha vazndan xalos boʻlishlariga zamin yaratishi toʻgʻrisida fikr va mulohazalar bildirildi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati