29 Yanvar 2023 583

Sharmandali suratlarni tarqatmaslik uchun pul talab qilindi

Qoraqalpogʻiston Respublikasida yashovchi, fuqaro Ye.A. ariza bilan murojaat qilib, Telegram messenjeri orqali

“Jamshid Xojayev” nomli nomaʼlum profil egasi, uning rasmlarini oʻziga joʻnatib, ushbu rasmlarni yuborib 5.000.000 soʻm miqdorida pul talab qilganligini, agar ushbu pullarni bermasa internet ijtimoiy tarmoqlariga ushbu suratlarni tarqatib yuborishini aytib qizni qoʻrqitganligini bildirgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, tovlamachilik qilib pullarni oʻzlashtirmoqchi boʻlgan shaxs, Qoʻngʻirot tumanida yashovchi, 1985-y.t., R.S. ekanligi aniqlangan.

R.S. pullarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlanib, tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.

R.S. ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 165-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

IIV Kiberxavfsizlik markazi

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага