14 Dekabr 2021
5146
Shahrixon tumanida 7 xil turdagi pirotexnika vositalarini sotmoqchi boʻlganlar ushlandi
Shahrixon tumani IIB TvaEQKB, JQB hamda DXX tuman boʻlimi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-tadbir davomida Fargʻona viloyatida yashovchi T.A oʻziga oldindan tanish boʻlgan I.A.ning boshqaruvida boʻlgan “Damas” rusumli avtomashinada 7 xil turdagi “9D 9-19”, “Panda 6-16”, “Korolevskiy salyut ” deb nomlangan jami 43 qutida, shuningdek, “Korolevskiy salyut 8 talik” hamda “Noviy vek x090” nomli jami 225 dona pirotexnika vositalarini Shahrixon tumaniga olib kelib sotmoqchi boʻlgan vaqtida ushlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tezkor surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati