19 Mart 2023 796

Sayxunobod tumani profilaktika inspektorlari yozib oluvchi kamera bilan ish olib borishni boshladi

Sayxunobod tumani IIB JXX HPB profilaktika inspektorlari xizmat olib borish holatni qayd etib boruvchi “body camera” kameralar tarqatildi

Ushbu video kamera xodimning kunlik ish faoliyati, fuqarolar bilan oʻzaro muloqotini uzluksiz yozib boradi. Kameralar yagona boshqaruv tizimiga ulangan boʻlib, markaziy apparat tomonidan boshqariladi.

Profilaktika inspektorining kamera yozuvi tizimda korrupsiyaning oldini olishga, vaziyatlarni haqqoniy oʻrganish va adolatli chora-tadbirlar koʻrishga yordam beradi.

Hozirda ushbu zamonaviy uskunadan viloyatning boshqa shahar-tumanlarida bosqichma-bosqich joriy qilish koʻzda tutilgan.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага