14 Avgust 2022 645

Sariosiyoda tomorqa sotmoqchi bo‘lgan shaxs tezkor tadbirda qo‘lga olindi

Sariosiyo tumanida 2022 yil 1 avgust kuni, viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasidan tushgan hujjatlarga ko‘ra, Denov tumanida yashovchi, S.Iskandar arizasiga asosan, 22 iyul kuni tumanning “Niholzor” mahallasi hududida, viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi  va tuman Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Sariosiyo tumanida yashovchi, I.Sirojiddin ishonchiga kirib, egalik huquqi bo‘lmagan 35 sotix tomorqasini "42.000 (qirq ikki ming) AQSH dollarga sotaman, kadastrda ishlovchi tanishlar orqali nomingizga rasmiylashtirib beraman!”-deb aldab, undan 199.000.000 (bir yuz to‘qson to‘qqiz million) so‘m pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

1 avgust kuni I.Sirojiddinga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага