26 Iyun 2022 1095

Sardoba tumanida aholini xorijga chiqish biometrik pasporti bilan taʼminlash ishlari izchil amalga oshirilmoqda

Sardoba tumani IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish guruhi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ 4079-sonli Qarori talablari asosida Respublikamizda joriy etilayotgan xorijga chiqish biometrik pasport bilan aholini taʼminlash boʻyicha 2022-yil 6 oy davomida 1080 nafar fuqaroga xorijga chiqish biometrik pasport berildi. 

Shuningdek, fuqarolarning murojaatlari asosida 51 nafar 16 yoshga toʻlmagan voyaga yetmagan shaxslarga ham xorijga chiqish biometrik pasporti rasmiylashtirib berildi. 

Shu bilan birgalikda Sardoba tumani IIB M va FRG tomonidan doimiy roʻyxati qayerda boʻlishidan qatʼiy nazar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasport rasmiylashtirish ishlari amalga oshirilib borilmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага