13 Mart 2023 743

Samolyot farroshi ichida pullari boʻlgan unutib qoldirilgan sumkani topib, oʻzlashtirib oldi

Holat 10-mart kuni soat 23:30da poytaxt aeroportida boʻlib oʻtdi. «Olma-Ota–Toshkent» aviareysi bilan kelgan Oʻzbekiston fuqarosi havo kemasida sumkasini unutib qoldirganini va uning ichida 1 800 AQSH dollari, 300 000 soʻm, bank kartasi, quloqchinlar va telefon quvvatlagichi bor boʻlganligini maʼlum qilgan. Bu haqida Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti xabar berdi.

Holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv ishlari natijasida aniqlanishicha, samolyotlarni tozalash bilan shugʻullanuvchi xususiy klining kompaniyasi xodimi (ayol kishi) mazkur sumkani topib olib, oʻzlashtirib olgan.

Undan yuqoridagi koʻrsatib oʻtilgan pul va buyumlar ashyoviy dalil sifatida xolislar ishtirokida rasmiylashtirilib olingan.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага