Samarqandda odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar fosh qilindi
Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Payariq tumanida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan I.N. mahalliy fuqaroni soxta hujjatlar asosida Turkiya va Yaponiya orqali AQSHga yuborish evaziga 40 000 AQSH dollari talab qilib, dastlabki hujjatlarni tayyorlash uchun kelishilgan puldan 10 000 AQSH dollari va uning xorijiy pasportini talab qilib olayotgan vaqtda qo‘lga olindi.
Fuqaro I.N. ushbu jinoyatni 1994 yilda tug‘ilgan tanishi, Toyloq tumanida yashovchi U.A. bilan til biriktirgan holda amalga oshirayotganligini maʼlum qildi.
Ushbu shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati