2 Noyabr 2022 473

Samarqand viloyati IIB boshlig‘ining navbatdagi sayyor qabuli Narpay tumanida o‘tkazildi

Narpay tumanidagi 13-son bolalar musiqa va sanʼat maktabida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatovning sayyor qabuli o‘tkazildi.

Qabulda fuqarolarning sog‘liqni saqlash, yo‘llar masalasi, elektr energiyasi, gaz va ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash, bandlik, ijtimoiy muammolar, aliment undirish, moddiy yordam hamda boshqa masalalarga oid murojaatlari eshitildi.

Qabul doirasida 10 nafar yoshlarga ID-kartalari tantanali ravishda topshirildi. Shu kabi ikki nafar yurtdoshimizga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi berildi.

Yuzma-yuz sayyor qabulda 50 nafarga yaqin fuqaroning murojaati tinglandi. Aksariyat masalalar joyida hal etilgan bo‘lsa, yechimi muddat talab qiladigan muammolarga aniq va tezkor choralar ko‘rish bo‘yicha tegishli idora rahbarlariga topshiriqlar berildi.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага