19 Yanvar 2023 370

Samarqand viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosarining navbatdagi qabuli o‘tkazildi

Samarqand viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik Faxriddin Rahmatov tomonidan fuqarolarning muammolarini o‘rganish yuzasidan navbatdagi qabul o‘tkazildi.

Qabulda fuqarolar hayotida uchraydigan muammolarga barham berish, ularni qiynab kelayotgan masalalarni ijobiy hal qilish, shuningdek xalqni rozi qilishdek ezgu ishlarni amalga oshirishga bosh maqsad sifatida qaralmoqda.

Bu galgi qabulda ham fuqarolarning sohaga oid turli muammo va murojaatlari eshitildi.

Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari har bir murojaatni chuqur tahlil qilgan holda, qonunda belgilangan tartibda hal etish yuzasidan mutasaddi soha rahbarlariga aniq topshiriqlar berib ijrosi nazoratga olindi.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага