20 Iyul 2022 1060

Samarali tajriba almashish yoʻlida

Ichki turizm sohasi kun sayin jadal rivojlanib bormoqda. Tabiatning soʻlim goʻshalarida joylashgan dam olish maskanlari yurtdoshlarimiz va xorijlik mehmonlar orasida tobora ommalashib borayotgani bejizdan emas. Mehmonlarni milliy anʼanalar, urf-odatlar, taomlar, diqqatga sazovor joylar, shuningdek, xalqaro standartlarga javob beradigan xizmat koʻrsatish mezonlari oʻziga jalb etib kelmoqda. Bu borada uzoq va yaqin xorijiy mamlakatlardagi hamkasblar sohadagi yangiliklarga qiziqish bildirmoqda, turistik politsiyaning ish uslublarini oʻrganish, tajriba almashish maqsadida respublikamizga amaliy tashrif bilan kelmoqdalar.

Kuni kecha mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Tojikiston Respublikasi IIV Militsiya faoliyatini isloh qilish boʻyicha milliy koordinatori, militsiya polkovnigi Xamdamzoda Valixon Xamdam boshchiligidagi delegatsiya Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasining Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasida boʻldi.

Delegatsiya aʼzolari boshqarma faoliyati, uning negizida faoliyat koʻrsatayotgan Vaziyat markazi, “Chorvoq” turistik-rekreatsion zonasi hududida joylashgan turistik obyektlardagi xodimlarning faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Mehmonlar xodimlarning kasb mahorati, keng dunyoqarashi, xorijiy tillarni bilishi, shuningdek, “Xavfsiz turizm” tizimining imkoniyatlarini yuqori baholab, boʻlimlarda yaratilgan shart-sharoitlar, shaxsiy tarkibning zamonaviy texnika va jihozlar bilan taʼminlanganini taʼkidlab oʻtdilar.

Delegatsiyaning tashrifi davom etmoqda.

Toshkent viloyati IIBB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага