9 Yanvar 2023
591
“Salomatlik patruli”
Surxondaryo viloyati IIB Tibbiyot boʻlimida tashkil etilgan “Salomatlik patruli” brigadasining navbatdagi tibbiy koʻrigi Qiziriq tumani IIB shaxsiy tarkibi oʻrtasida oʻtkazildi.
Tibbiy koʻrik davomida xodimlarga salomatligini saqlash, aniqlangan kasalliklar boʻyicha kerakli maslahat va koʻrsatmalar berish bilan birga, davolash-profilaktika ishlari ham amalga oshirildi.
Shuningdek, shaxsiy tarkibning tibbiy madaniyatini oshirish maqsadida semizlik va uning oqibatlari, toʻgʻri ovqatlanish - jismoniy mashgʻulotlar bilan muntazam shugʻullanish, zararli odatlardan voz kechish, shaxsiy gigiyena va ruhiy salomatlik haqida tushuntirish ishlari ham olib borildi.
Oʻz muxbirimiz. Surxondaryo viloyati.