1 Avgust 2022 1950

Rossiya fuqarolari Oʻzbekistonda roʻyxatdan oʻtmasdan turish muddati uzaytirildi

Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hukumati oʻrtasida 2021-yilni 17-iyunda Toshkent shahrida hamda 2021-yilning 21-mayda Moskva shahrida imzolangan bitimga koʻra, bir tomon davlat hududida vaqtincha boʻlib turgan boshqa tomon davlatining fuqarolari 15 kungacha mobaynida kelish davlatining vakolatli organlarida roʻyxatdan oʻtmasdan yashashlari mumkin. 

Rossiya Federatsiyasi fuqarosi Oʻzbekiston hududiga chegara nazorati organlarining chegara nazorati organlari tomonidan pasportga qoʻyiladigan belgi (chegara sana shtampi) bilan kirgan kundan boshlab Oʻzbekiston hududida vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtmasdan boʻlish muddati 3 kundan 15 kungacha etib belgilandi.

Xuddi shuningdek, Oʻzbekiston fuqarolarining Rossiya davlatida vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish muddati 7 kundan 15 kungacha uzaytirildi. Аgar 15 kundan ortiq muddatga qolish istagi boʻlgan mehmonlar belgilangan tartibda vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtishlari lozim.

Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага