28 Dekabr 2022 863

Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining turdosh oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda onlayn mahorat darslari oʻtkazildi

26-27-dekabr kunlari Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining turdosh oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda onlayn mahorat darslari oʻtkazildi.

Dastlab Ufa yuridik instituti dotsenti Nikolay Kiselyov “Tezkor-qidiruv tadbirlari tushunchasi va mohiyati” mavzusiga toʻxtalib, mazkur ixtisoslik yoʻnalishida taʼlim olayotgan kursantlar bilan muloqot qildi.

Mashgʻulotlarning ikkinchi kuni elektron toʻlov vositalaridan foydalangan holda sodir etilgan jinoyatlar, ushbu jinoiy qilmishlarni tergov qilish paytida olingan obyektlarning operativ xotirasini instrumental oʻrganish xususiyatlari tahlil qilindi. Mahorat mashgʻulotini Sankt-Peterburg universiteti boshligʻi oʻrinbosari Dmitriy Jidkov olib bordi. Onlayn tarzda bildirilgan mulohazalar kursantlarda maʼlum koʻnikmalarni hosil qildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага