17 Iyul 2022 491

Rishton tumanida probatsiya hisobida turgan 2 nafar shaxsning jazosi ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi

Jinoyat ishlari boʻyicha Rishton tumani sudida tumani IIB Probatsiya guruhi hisobida turuvchi, mehnatga halol munosabatda boʻlgan, sud tomonidan tayinlangan cheklovlarni buzmagan 9 nafar mahkumlar Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan jazodan muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilindi.

Aksincha, jazodan boʻyin tovlab kelgan, sud tomonidan tayinlangan cheklovlarni muntazam ravishda buzib kelgan 2 nafar shaxsning jazosi ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага