11 Avgust 2022 1619

Respublika ishchi guruhining navbatdagi oʻrganishlari Qiziltepa tumanida boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari - Oʻzbekiston Respublikasi harbiy prokurori general-mayor Shuxrat Uzakov tashrifi dastlab Oila va xotin qizlar kompleksi bilan tanishishdan boshlandi. 

Tuman markazida “Oila maktabi”, “Ijtimoiy moslashuv xonasi” va “Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi”ni oʻzida birlashtirgan bino bunyod etilayotgani munosabati bilan mazkur inshoot munozara markaziga aylandi.

Unda viloyat hokimi oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi soʻzga chiqib oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahallalarda ayollarni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish hamda oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etishning afzalliklari haqida gapirdi.

Ishchi guruh tez kunlarda foydalanishga topshiriladigan ushbu markazlarning bugungi holati, amalga oshirilayotgan ishlarini koʻzdan kechirdi.

Shuningdek shu kuni guruh Qiziltepa tumani Navoiy viloyati qurilish sohasi boʻyicha malakali mutaxassislarni tayyorlash markazida boʻlishdi. 

Bandlik bosh boshqarmasi boshligʻi qurilishga jalb qilingan yoshlarni mutaxassislikka oʻqitish, ishsiz aholini bandligini taʼminlash boʻyicha bir qator chora-tadbirlar rejasi haqida soʻz yuritdi. 

Mazkur markazda taʼlim olganlar endi nafaqat mahalliy balki xalqaro miqyosdagi qurilish ishlariga ham jalb etilishi koʻzda tutilgan boʻlib, pirovardida yirik aholi qatlamini ish bilan taʼminlash rejasi mavjud ekanligi loyihalar misolida koʻrsatildi. 

Markazda faoliyat koʻrsatayotgan mutaxassislar tashrif ishtirokchilariga kasbga oʻqitishni tashkil qilish va uyushmagan yoshlar bilan targʻibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish boʻyicha oʻz takliflarini bildirdi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага