Qoʻshmachining “qoʻshgani” qimmatga tushdi
Muzrabot tumanida 2023-yil 16-yanvar kuni tuman IIB huzuridagi Tergov guruhining xabariga koʻra, 9-yanvar kuni soat 17:30 larda, tuman IIB xodimlari tomonidan tuman hududida oʻtkazilgan tadbir davomida, shu tumanda yashovchi, muqaddam jinoyat sodir qilganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilib sudlangan, Yu.Shoira (ism-shariflar oʻzgartirilgan) oʻzining ilgari qilgan jinoiy qilmishidan toʻgʻri xulosa chiqarmasdan, yashash uyida, 100.000 soʻm pul evaziga, Muzrabot tumanida yashovchi, Yu.Matluba va Termiz shahrida yashovchi, Sh.Asrorlarga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan.
16-yanvar kuni Yu.Shoiraga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati