27 Yanvar 2023 303

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish profilaktikasi kuni munosabati bilan uchrashuv oʻtkazdi

Payshanba jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish profilaktikasi kuni munosabati bilan joriy yilning 26-yanvar kuni Xoʻjayli tumani davlat soliq inspeksiyasi binosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov hamda Xoʻjayli tumani hokimi J.Yermashov tuman sektor rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari hamda fuqarolar ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi. 

Unda Joriy yilning 25-yanvar kuni tuman davlat soliq inspeksiyasi qoshidagi oshxonada chaqnash hodisasi natijasida bir fuqaro olgan tan jarohati oqibatida hodisa sodir boʻlgan joyda vafot qilgan hamda ikki fuqaro tan jarohatini olib, Xoʻjayli tumani tibbiyot birlashmasiga joylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. 

Shu kabi baxtsiz hodisalar kelgusida yuz berishlaring oldini olish maqsadida Ichki ishlar vaziri tomonidan muhokama qilinib targʻibot-tashviqot ishlari olib borildi. 

Shuningdek, profilaktika kuni tadbirida Respublikamiz hududida yuz berayotgan yoʻl transporti hodisalari, fuqarolarning plastik kartalaridagi pullarni firibgarlik yoʻli bilan oʻzlashtirish jinoyatlari va ularning oldin olish choralari haqida soʻz boʻldi. 

Taʼkidlangandik, har bitta fuqaro yoʻllarda belgilangan yoʻl harakati qoidalariga rioya etish zarur ekanligi hamda ijtimoiy tarmoqlarda foydalanganda firibgarlardan ehtiyot boʻlishligi, plastik kartalari raqamlari va boshqada maʼlumotlarini begona shaxslarga oshkora qilmasligi tushuntirildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага