13 Mart 2023 362

Qoraoʻzak tuman IIB huzuridagi tergov guruhi tergovchisiga pora taklif qilgan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Joriy yilning 28-fevral kuni Qoraoʻzak tuman IIB huzuridagi tergov guruhi tergovchisi kapitan B.B ning Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri nomiga bildirgi bilan murojaat qilib, bildirgisida ish yurituvidagi Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 228-moddasi 3-qismi bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi yuzasidan gumon qilinuvchi Qoraoʻzak tumani da yashovchi 1990-y.t. fuqaro M.B bir necha marotaba ogohlantirishiga qaramasdan, ushbu jinoyat ishini sudga yubormasdan ijobiy hal qilib berish evaziga 100 AQSH dollarini pora tariqasida taklif qilib ketayotganligini hamda ushbu fuqaroga qonuniy chora koʻrishni soʻrab murojaat qilgan.

Ushbu bildirgiga asosan joriy yilning 1-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi IIV SHXBB Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasi, Qoraoʻzak tumani prokuraturasi va IJQQB Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasi Qoraoʻzak tumani boʻlimi xodimlari bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor tadbir davomida fuqaro B. M kapitan B.Bning xizmat xonasida 1.000.000 (bir million) soʻm pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlanib, undan 1.000.000 (bir million) soʻm pullar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага