12 Avgust 2022 454

“Qora dori-2022” keng qamrovli profilaktik tezkor tadbiri davom etmoqda

Denov tumanida, viloyat IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan, “Qora dori-2022” keng qamrovli profilaktik tezkor tadbirining 2-bosqichi davomida olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, 1963 yilda tug‘ilgan, Denov tumanida yashovchi T.Shuxratning (ism shariflar o‘zgartirilgan) yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganida, 9 tup “Kannabis” o‘simligini hovlisida yashirin ravishda parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, xolislar ishtirokida daliliy ashyo sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan T.Shuhratga nisbatan Denov tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atish choralari ko‘rilmoqda.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага