18 Mart 2023 483

Qoʻqon shahrida oʻtkazilgan tezkor profilaktik tadbirlar davomida 28 nafar shaxsga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi qoʻllanildi

Xabaringiz bor Qoʻqon shahrida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan “Xavfsiz hudud” maxsus profilaktik tadbirlari olib borilmoqda

Kecha oʻtkazilgan tadbirlar davomida hudud profilaktika inspektorlari tomonidan muqaddam sudlangan, probatsiya hisobida turgan, profilaktik hisobda turgan, sogʻliqni saqlash hisobida turgan va boshqa toifalarda turgan jami 146 nafar shaxslar tezkor profilaktik tadbirlar olib borildi.

2 nafar sogʻliqni saqlash hisobida turgan shaxslar davolanishga joylashtirildi. Yana 2 nafar muqaddam sudlangan shaxslarga nisbatan sud tomonidan maʼmuriy nazorat oʻrnatildi.

Shuningdek, jami 28 nafar shaxsga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi qoʻllanildi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага