14 Avgust 2022 487

Qo‘l jangi bo‘yicha Samarqand viloyat birinchiligida Ichki ishlar boshqarmasi mutlaq g‘olib bo‘ldi

Joriy yilning 13 avgust kuni Dinamo sport jamiyati jamoalari o‘rtasida sportning “Qo‘l jangi” turi bo‘yicha viloyat birinchiligi bo‘lib o‘tdi.

O‘tkazilgan musobaqada viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi xodimlari ham munosib ishtirok etib, umumjamoa hisobida faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati va shaxsiy tarkibi musobaqada ichki ishlar sharafini himoya qilgan barcha xodimlarni g‘alaba bilan tabriklaydi.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага