11 Avgust 2022 483

Qibray tumanida toʻxtatilgan “Damas” avtomobilida giyohvand modda borligi aniqlandi

Qibray tumanida xizmat olib borayotgan YPX inspektori K.Gulyamov tomonidan 1987-yilda tugʻilgan S.S. boshqaruvida boʻlgan “Damas” avtomobilini tekshirish uchun toʻxtatadi.

Haydovchining xatti-harakati shubhali boʻlgani bois, tegishli tartibda koʻzdan kechirilganda, uning yonida 26,13 gr marixuana (ekspertiza xulosasiga koʻra) giyohvandlik moddasi borligi aniqlanadi.

Holat yuzasidan fuqaro S.S. ga nisbatan Jinoyat kodeksning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага