12 Mart 2022 2277

Qashqadaryoda 20 nafar yosh ekopatrul guruhi shakllantirildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 4-mart kuni oliy oʻquv yurtlari talabalari bandligini taʼminlash boʻyicha ustuvor vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida berilgan topshiriqlarni ijrosini taʼminlash maqsadida Qashqadaryo viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga Qarshi Davlat universitetidan 20 nafar yosh ekopatrul guruhi shakllantirilganligi munosabati bilan tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari, Qarshi Davlat universiteti oʻqituvchi va talabalari, Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari, Milliy gvardiya xodimlari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

Qashqadaryo viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshligʻi talabalarga yosh ekopatrul beyjiki topshirildi.

Boshqarma hududida tadbir ishtirokchilari bilan birgalikda manzarali daraxt koʻchatlari ekildi.

Masʼul xodimlar tomonidan yosh ekopatrul guruhi aʼzolariga ularning huquq va majburiyatlari tushuntirildi.

Tadbir soʻngida har bir ekovolontyorlar Ekologiya, IIB hamda Milliy gvardiya xodimlariga biriktirilib, reyd oʻtkazishga start berildi.

Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага