20 Iyul 2022 559

Qashqadaryo viloyati IIBda Probatsiya yoʻnalishida joriy yilning oʻtgan olti oyida amalga oshirilgan ishlar tahliliga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi

Yaqinda Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida viloyat IIB JXX Probatsiya boʻlimi va uning joylardagi boʻlinmalari vakillari ishtirokida joriy yilning oʻtgan olti oyida amalga oshirilgan ishlar tahliliga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda viloyat IIB, viloyat prokuraturasi, JXX Probatsiya xizmati, uning shahar tuman boʻlinmalari hamda guruhlari inspektorlari ishtirok etishdi.

Tanqidiy ruhda oʻtgan yigʻilishda Qashqadaryo viloyati IIB boshligʻining oʻrinbosari polkovnik A.SH.Allanazarov ishtirok etib, boshqarma JXX Probatsiya xizmati va uning joylardagi boʻlinmalari hisobida nazoratda turgan shaxslarni tarbiyalash, ish bilan taʼminlash, ular tomonidan ogʻir va oʻta ogʻir turdagi jinoyatlar sodir etilishining oldini olish maqsadida amalga oshirilgan ishlarni atroflicha tahlil etdi. Nazoratda turgan shaxslar bilan muntazam profilaktik ishlar olib borilishiga qaramasdan qayta jinoyat sodir etish holatlari uchrayotgani tanqid qilindi. 

Natijada yilning oʻtgan davrida nazoratdagi shaxslar orasida berilgan imkoniyatdan foydalanib, tuzalish yoʻliga oʻtgan bir guruh shaxslar jazodan muddatidan oldin ozod etildi. Shu bilan birga boshqarma Probatsiya boʻlimida nazoratda turib, amaldagi qonun talablarini buzgan nazoratdagi shaxslarning jazo turi jinoyat ishlari boʻyicha sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etishga almashtirildi.

Koʻlami keng yigʻilishda faoliyatda kamchiliklarga yoʻl qoʻygan xodimlarga aniq vazifalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага